JIMKiDs (GYMKiDs) xizmatlarining tavsifi
("06" mart 2025 yildagitahrirda.)

Xizmatlarning umumiy tavsifi
Ijrochi tajribali murabbiylar rahbarligida klassik sport/badiiy/estetik gimnastika va akrobatika dasturi asosida bolalar, o'smirlar va kattalar bilan guruh va individual mashg'ulotlarni olib boradi. Mashg'ulotlar gilamda, yumshoq to'siqlar yo'lagida, shu jumladan bolalar bilan mashg'ulotlarga moslashtirilgan gimnastika va akrobatik snaryadlarda, batutlarda o‘tkaziladi.
Mashg‘ulotlar usullari yirik motorikani, kuchni rivojlantirishga, harakatlar koordinatsiyasini, bo'g'inlar va paylar moslashuvchanligini, muvozanat hissini yaxshilashga qaratilgan. Mashg'ulotlar tarkibiga diqqatni jamlashni, reaksiya tezligini, bosh miya axborot kanallari ishini yaxshilashga, shuningdek, bolaning barqaror psixikasini shakllantirishga yordam beradigan o'yinlar kiritilishi mumkin.
Ijrochi Buyurtmachining xohishiga ko'ra quyidagi xizmatlarni taqdim etish majburiyatini oladi:
 haftaning ma'lum soatlari va kunlarida, davomiyligi 50 daqiqa bo‘lgan haftada bir, ikki yoki uch marta o‘tkaziladigan guruh mashg'ulotlari;
 Haftaning ma'lum soatlari va kunlarida davomiyligi 50 daqiqa bo‘lgan individual mashg‘ulotlar;
 davomiyligi 50 daqiqa bo‘lgan ixtisoslashtirilgan guruh mashg'ulotlari;
 2 soat davom etadigan tug'ilgan kunlar, bolalar va oilaviy bayramlarni o'tkazish.
Ijrochi tomonidan xizmatlar ko'rsatish vaqtini o‘zgartirish Tomonlar o‘rtasida alohida kelishib olinishi mumkin.
Guruh mashg‘ulotlari
Mashg‘ulotlar 9 kishigacha bo'lgan guruhlarda o'tkaziladi, davomiyligi 50 daqiqa. Ijrochi vakillarining qaroriga ko'ra, 9 dan ortiq odam bo'lgan guruhlarni shakllantirish mumkin.
Guruhlar yoshga qarab tuziladi, ammo bolalar murabbiyning qaroriga binoan guruhlarni individual tayyorgarlik darajasiga qarab o'zgartirishi mumkin.
Guruhlar:
  • 1,5 yoshdan 3 yoshgacha guruhlar.
  • 3 yoshdan 4 yoshgacha guruhlar.
  • 4 yoshdan 5 yoshgacha guruhlar.
  • 5 yoshdan 7 yoshgacha guruhlar.
  • 7 yoshdan 14 yoshgacha guruhlar.
Made on
Tilda